Qazzofiyning qimmatbaho samolyoti 8 yil deganda Liviyaga qaytarildi

Olam

image

Liviya davlatining sobiq rahbari Muammar Qazzofining A340-213 samolyoti 2012 yildan beri ilk bor Tripoli aeroportiga qaytdi. U bu vaqt davomida texnik xizmat ko‘rsatishda edi. Bu haqda “Libya Observer” mamlakat Bosh vaziri Abdul-Hamid Dbeyba va bir qancha rasmiylarga tayanib xabar bermoqda.

Dbeyba samolyot Liviyaning mulki ekanini va uning qaytishi “Liviyaning suvereniteti uchun muhim” ekanini ta’kidlagan. Samolyot shu vaqtgacha ko‘rsatilgan texnik xizmatlar uchun to‘lov to‘lanmagani sababli Fransiyada garovda ushlangan. Hukumat rahbariga ko‘ra, Liviyaning yana 15 samolyoti Fransiyada garovda qolmoqda. Ular ham texnik xizmat uchun to‘lov to‘langach, ortga qaytarilishi mumkin.

Libya Regains (Muammar Gaddafi's Flying Palace) After Years Of Detention In  France (video) | A Homeland Tweeting Outside The Flock » Gulf News » Prime  Time Zone

U hukumat xorijda qolayotgan ikkita harbiy samolyotni qaytarish uchun bor kuchini ishga solishini ma’lum qilgan. Mamlakatga qaytarilgan Prezident samolyotidan qanday foydalanish: uni bo‘lg‘usi Prezident uchun saqlab qo‘yish, hukumat xizmatiga berish yoki sotib yuborish masalasini liviyaliklar har qilishini ta’kidlagan.

Airbus 2012 yil avgust oyidan beri Fransiyada saqlanayotgandi. U Qazzofiy ag‘darilganidan keyin texnik xizmat ko‘rsatish uchun olib ketilgandi. Samolyotgaa tashqi tomondan bir nechta o‘q otilgandi. Keyinroq samolyot Liviyaga uchishdan oldin yakuniy texnik ko‘rik uchun Turkiyaga olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Muammar Qazzofi

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing