Qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarur – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Bugun, 8 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta’kidlanib, energetika masalalarini to‘liq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yig‘ilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish mumkinligi qayd etildi. Bu ishlar bilan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olish mumkin.

Bu choralar ko‘rilsa, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortig‘i bilan, ya’ni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing