Mirziyoyev Sergeli aholisi bilan uchrashdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Bugun, 8 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Ezgulik mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu yerda 26 ta ko‘p qavatli uy bor, 6 mingdan ziyod aholi yashaydi. Prezident mahalla vakillaridan hol-ahvol so‘ragan. Nuroniylar o‘tgan sovuq kunlarda xalqning va davlat idoralari xizmatchilarining birligi bilan qiyinchilik ortda qolganini aytishgan. Energetika va kommunal xizmatlar 24 soat davomida ishlagan, tezkor choralar ko‘rib borilgan. Xususan, mahalladagi transformator ham yangilangan.

“Bu bizga saboq bo‘lishi kerak. Energetikada 3-4 karra ko‘proq zaxira yaratishimiz zarur. Shuning uchun qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga e’tibor beryapmiz. U – muqobil, ishonchli va ekologik toza”, deydi davlat rahbari.

Mahallalardagi ustuvor vazifa aholi bandligi va yoshlar tarbiyasi ekani ta’kidlandi. Shu bois ham bu yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. O‘quvchilar maktabda ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rganib chiqishi uchun sharoit yaratilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli Mirziyoev qayta tiklanuvchi energetika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing