Qaysi viloyatda jinoyatchi-o‘quvchilar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi 

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

2020 yil yakuni bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sonida Farg‘ona viloyati yaqqol yetakchi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Umumta’lim maktablari reytingini e’lon qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumanidan xabar berdi.

O‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona (391 ta), Toshkent (144 ta) va Namangan viloyatlari (97 ta)da qayd etilgan.

O‘quvchilar tomonidan eng kam jinoyat sodir etgan hududlar esa quyidagilar: Jizzax viloyatida 25 ta, Navoiy viloyatida 24 ta, Sirdaryoda 21 ta.

Tuman (shahar)lar orasida eng ko‘p jinoyatlar soni: Marg‘ilonda 85 ta, Farg‘onada 65 ta, Qo‘qonda 61 tani tashkil etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri umumta’lim maktablarida berilayotgan ta’lim sifati bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egalladi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari esa eng quyidan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing