Qaysi viloyat aholisi saylovda qatnashish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda?
Bu qiziq
−
24 Oktabr 2021
13675Farg‘ona viloyati aholisi Prezident saylovida ovoz berish bo‘yicha eng faol bo‘lib turibdi. Soat 11:00 ga qadar ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan qariyb 2,3 million farg‘onaliklarning 41,1 foizi saylovda ishtirok etgan. Bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Eng past ko‘rsatkich Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi: qariyb 1,8 million saylash huquqiga ega bo‘lgan aholining 27,6 foizi saylovda ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu siyosiy jarayonlarda mamlakatda bo‘lib turgan qariyb 20 million saylovchining 33,6 foizi qatnashib ulgurgan, deyarli 7 million kishi o‘zi ishongan nomzodga ovozini bergan.
Qayd etish kerakki, mamlakat prezidentligi uchun ko‘rsatilgan 5 nafar nomzod ham ovoz berdi. Ular oila a’zolari bilan saylov uchastkalariga tashrif buyurdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondagi 2021 yilgi Prezident sayloviga mamlakatda mavjud 5 partiya tomonidan 5 nafar nomzod ko‘rsatilgan. Bular:
• “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov
• “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov
• Ekologiya partiyasidan Narzullo Oblomurodov
• Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev
• Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova.
LiveBarchasi