Qaysi mahsulotlar kuchli allergen hisoblanadi?

Bu qiziq

image

Bahor turfa allergiyalar xuruj qiladigan mavcum hisoblanadi. O‘cimlik va daraxtlar gullagan mavcumda allergenlar ko‘payishi tabiiy holdir. Aclida allergiya kacallik emac, balki oddiy narcalarga organizmning noodatiy munocabatda bo‘lishidir. Tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida ham kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchilar mavjud. Ulardan xabardor bo‘lish va me’yorida iste’mol qilish ana shunday ko‘ngilsiz holatga duch kelishning oldini oladi. Allergik mahsulotlar haqida Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Roziqovaga tayangan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati batafsil mahlumot berdi.

Ta’kidlanishicha, oziq-ovqat allergiyasi mahsulotlar tarkibidagi oqsil va oqisilsimon moddalar ta’sirida vujudga keladi. Bolalarda kasallik ko‘pincha onaning homiladorlik yoki emizikli davrida noto‘g‘ri ovqatlanishi sababli rivojlanadi. Shuningdek, chaqaloq sun’iy aralashmalar bilan oziqlantirilsa, chala tug‘ilsa yoki oshqozon-ichak, o‘t, jigar kasalliklaridan aziyat cheksa ham, oziq-ovqat allergiyasi yuzaga kelishi mumkin.

Qolaversa, bolalar sevib iste’mol qiladigan sigir suti – kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi mahsulot. Ularga 5-6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarda allergiya kuzatiladi. Tovuq tuxumi ham keng tarqalgan allergenlar jumlasidandir.

Bundan tashqari, baliq kuchli antigen bo‘lib, uning go‘shtida ham bir qator oqsil guruhlari mavjud. Bug‘doy va soya ham ba’zida allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Go‘sht mahsulotlari orasida esa parranda go‘shti boshqalariga nisbatan ko‘proq antigen xususiyatga ega. Sitrus mevalar, qulupnay va yertut ham ko‘proq allergiya qo‘zg‘aydi. Yong‘oqqa allergiyasi bo‘lganlarning aksariyati esa ushbu meva daraxti changiga ham ta’sirchan bo‘ladi.

Kattalarda allergiya rivojlanishiga sabab bo‘luvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan birinchisi yeryong‘oqdir. Undan so‘ng turli xil kunjut, asal, shaftoli, uzum, malina, sabzi, shokolad, kofe va kakao allergiya chiqaruvchi mahsulotlar ro‘yxatidan joy olgan. Allergiyaning asl sababi immunitetning genetik darajada buzilishi hisoblanib, u nasl suradi yoki favqulodda paydo bo‘ladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing