Qaysi davlat jurnalistlarni qamash bo‘yicha rekordchi ekani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
226 ta jurnalist qotili jazosiz qolmoqda – CPJ north_east

226 ta jurnalist qotili jazosiz qolmoqda – CPJ

Joriy yilning so‘nggi olti oyi davomida dunyo bo‘ylab ommaviy axborot vositalari xodimlarining qamoqqa olinishi rekord darajada o‘sdi. 1 dekabr holatiga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 293 nafar jurnalist hibsda chirimoqda. Xalqaro Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (SPJ) izlanishlariga ko‘ra, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

To‘plangan ma’lumotlarga qaraganda, Xitoy ketma-ket uchinchi yil antireyting yetakchisiga aylandi. Sababi hozirda Xitoy qamoqxonasida 50 nafar jurnalist panjara ortida. Ikkinchi o‘rinda Myanma , u yerda harbiy to‘ntarish va undan keyin matbuotga qarshi repressiyalardan so‘ng 26 nafar jurnalist qamalgan. Uchinchi o‘rinda - Misr (25), to‘rtinchi - Vetnam (23) va Belarus (19) kuchli beshlikka kiradi.

Rossiya  bu ro‘yxatda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ommaviy axborot vositalarining 14 nafar xodimi qamoqda. O‘zbekiston va Ozarbayjonda – ikkitadan, Qozog‘iston va Turkmanistonda bittadan jurnalist panjara ortida.

Hozirgacha jurnalistlarni kasbiy faoliyati uchun o‘ldirishlar davom etmoqda. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (SPJ) hisobotiga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘ylab 42 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Ulardan 24 nafariga suiqasd uyushtirilgan. Qolganlarning o‘limi sababi hozircha noma’lum.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing