226 ta jurnalist qotili jazosiz qolmoqda – CPJ

Olam

image

Oxirgi 10 yilda dunyo bo‘yicha jurnalistlarga nisbatan qotillik sodir etganlarning 81 foizi jazosiz qolib ketgan. Bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Xalqaro tashkilotining “Global jazosizlik indeksi –2021” ma’lumotlarida keltirilgan.

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida dunyoda o‘z xizmat faoliyati sababli 278 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Shundan 226 ta holatda jinoyat uchun hech kim javobgarlikka tortilmagan.

Oxirgi 10 yillikdagi indeks Suriyadagi fuqarolar urushi, arab davlatlarida keng tarqalgan norozilik namoyishlari, ekstremistik guruhlar va uyushgan jinoyatchilik sindikatlari tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlariga qilingan hujumlarni o‘z ichiga olgan notinch vaqtlarni aks ettirgan.

Ro‘yxatda Somali jurnalistlarga nisbatan “ochilmagan” qotilliklar bo‘yicha dunyodagi eng yomon mamlakat bo‘lib qolmoqda. Suriya, Iroq, Janubiy Sudan va Afg‘oniston keyingi to‘rtlikdan joy oldi. Meksika ketma-ket ikkinchi yil indeksda oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Filippin, Braziliya, Pokiston va Rossiyaga jazosizlik indeksining top-10 taligidan joy nasib qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing