Qayerda ayol rahbarlar boshqarayotgan korxonalar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

2023 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36472 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 177 taga oshgan.

Ayol rahbar boshqarayotgan korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinni egallagan. Poytaxtda 9764 ta ana shunday korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ayol rahbarlar boshqaruvida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:

— Toshkent shahrida – 9764 ta

— Toshkent viloyatida – 4760 ta

— Navoiy viloyatida – 3866 ta

— Samarqand viloyatida – 2475 ta


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing