Qay hollarda o‘quvchi masofaviy ta’limga o‘tkazilishi mumkin?

Jamiyat

image

Maktablarda yangi o‘quv yili 6 sentyabrdan to‘liq an’anaviy shaklda boshlanadi, vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
 
Qayd etilishicha, faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha ta’lim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin: 

•  O‘zi yoki oila a’zolaridan biri COVID bo‘lib vaqtincha davolanishda bo‘lgan o‘quvchilar uchun;

•  O‘quv yili davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun;

•  Vaqtincha boshqa joyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan maktablarning o‘quvchilari onlayn ta’lim olishlari mumkin.

Bunday o‘quvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qizlarning maktabga milliy ro‘mol va do‘ppida borishiga ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing