Qattiq “X”mi, yumshoq “h”mi yoxud senatorlar lotin alifbosini o‘rganishni boshladi

Jamiyat

image

Senatorlar lotin alifbosi bo‘yicha malaka oshirishni boshladi. Bu haqda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alibosiga bosqichma-bosqchi to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosi asosida o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinishi belgilangan. Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash muddati 2022 yilning dekabr oyiga belgilangandi. 

Shuningdek, hukumat qarori bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

senatorlar lotin alifbosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing