Qator viloyatlarda shamol kuchayishi kutilmoqda – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
27 yanvar 2022 13071 1 daqiqa
Joriy yilning 28-29 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida shamol tezligi kuchayib, 17-22 m/s gacha yetishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometereologiya xizmati markazi xabar berdi.
O‘zgidrometga ko‘ra, 28-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
28-29 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
28 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
28 yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;
29 yanvarda Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025