Qator tuman va shaharlarda suv uchun aholidan pul undirish ishlari to‘xtatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning bir qator hududlarida suv ta’minoti korxonalarining nazoratchilari tomonidan xizmatlar uchun aholidan pul undirish ishlari to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 avgustidan boshlab Respublikaning 28 ta tuman, shaharida suv ta’minoti korxonalarining nazoratchilari tomonidan xizmatlar uchun aholidan pul undirish ishlari to‘xtatiladi. 

Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda qulay va tezkor bo‘lgan quyidagi vositalardan foydalanishingiz mumkin:

  • Cabinet.uzst.uz shaxsiy kabinet orqali;
  • @uzst_bot telegram-boti orqali;
  • elektron to‘lov tizimlari (Click, Paynet, Upay, Payme, Oson) hamda to‘lov infokiosklari orqali;
  • tijorat banklari mobil ilovalari orqali;
  • tijorat bank kassalari va shaxobchalari hamda pochta bo‘limlari orqali.

Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda suv ta’minoti korxonalarining nazoratchilari tomonidan xizmatlar uchun aholidan pul undirish ishlari to‘xtatiladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir va Bo‘zatov tumanlarida;
  • Andijon viloyatining Ulug‘nor va Bo‘ston tumanlarida;
  • Buxoro viloyatining Jondor va Qorovulbozor tumanlarida;
  • Jizzax viloyatining Do‘stlik va Baxmal tumanlarida;
  • Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Tomdi tumanlari;
  • Namangan viloyatining Norin va Kosonsoy tumanlarida;
  • Samarqand viloyatining Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarida;
  • Sirdaryo viloyatining Sardoba va Hovos tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Termiz tumanlarida; 
  • Toshkent viloyatining Bekobod tumani va Krasnogorsk shaharchasida;
  • Farg‘ona viloyatining Quva va Qo‘shtepa tumanlarida;
  • Xorazm viloyatining Gurlan va Hazorasp tumanlarida;
  • Qashqadaryo viloyatining Nishon, Muborak va Koson tumanlarida.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing