Qator tadbirkorlik sub’ektlarining solig‘i 90 foizga kamaytirildi — Prezident qarori
Jamiyat
−
29 yanvar 2022
81042022 yil 1 yanvardan boshlab 2027 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 90 foizga kamaytiriladi. Bu haqda Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlariga 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2027 yil 1 yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytiriladi.
Bunda 2027 yil 1 yanvargacha yangidan quriladigan ob’ektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qo‘llash belgilangan.
Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqini beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 29 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolangan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk obektlarini yuridik va jismoniy shaxs egaligidan qat’i nazar bozor qiymati asosida soliqqa tortish tizimi joriy qilingandi. Natijada 2022 yildan boshlab yuridik shaxslar mol-mulki soliq stavkasi 2 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirilgan edi.
LiveBarchasi