Qator aviakompaniyalar O‘zbekistonga parvozlarni tiklashga tayyorligini bildirdi

Jamiyat

image

20 dan ortiq xorijiy aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni tiklashga tayyorligi bildirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xabar berdi.

Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, Xorijning 20 dan ziyod aviatsiya sohasidagi Turkush Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana, Air Astana, Aeroflot, Sibir singari qator aviakompaniya vakillari hamda “O‘zaviatsiya” agentligi ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralarda pandemiya va undan keyingi holatlarda xorijiy aviakompaniyalarning o‘zaro parvozlarni qayta tiklash va samarali yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

“Albatta O‘zbekiston aeroportlari aviatashuv, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro aloqalarni tiklash va hamkorlikda faoliyat olib borishdan manfaatdor. Bu o‘z navbatida, muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, davlatlar o‘rtasida sayyohlik va eksportning rivojlanishiga, investitsiyalar oqimining kuchayishiga olib keladi”, dedi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ravshan Ismoilov.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan xorijlik sheriklar o‘z taklif-mulohazalari orqali O‘zbekiston Respublikasiga parvozlarni qayta tiklashga har jihatdan tayyor ekanliklarini bildirishdi.

O‘z navbatida “O‘zaviatsiya” agentligi va “Uzbekistan Airports” AJ ham kelgusidagi rejalarni amalga oshirish mexanizmlarini yanada mustahkamlash, pandemiya sharoitida barcha talablarga rioya qilgan holda hamkorlikni  kuchaytirish yuzasidan o‘z nuqtai-nazarlarini bayon qilishdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi turizmni tiklash haqida gapira turib, Turkiya bilan aviaqatnovlar tiklanishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airports

Baholaganlar

248

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing