Qatardagi mundial Ronaldu uchun oxirgi katta musobaqami?

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ham qatnashmoqchi. Bu haqda Ronalduning so‘zlariga tayanib, “Renascenca” nashri xabar berdi.

“Umid qilamanki, yana bir necha yil terma jamoaning bir qismi bo‘laman. Hali ham motivatsiyam bor. Ambitsiyalarim yuqori. Terma jamoa bilan sayohatim hali tugamagan. Bizda yaxshi yosh futbolchilar ko‘p. Men jahon chempionatida Portugaliyaning tarkibida bo‘laman. Shuningdek, men Yevropa chempionatiga ham chiqishni xohlayman”, degan 37 yoshli futbolchi.

Qayd etish kerakki, Qatardagi Jahon chempionati joriy yilning  20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Evro-2024ga Germaniya mezbonlik qiladi. 9 oktyabr kuni Yevropa chempionatining saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing