Qatarda O‘zbekiston tarixi namoyish etildi

Olam

image

Qatardagi muzeyda O‘zbekistonning tarixi va an’analari, hamda bugungi kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 2 sentyabr kuni Saida Mirziyoyeva Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etgan.

Ushbu e​kspozitsiyada O‘zbekiston muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar jamlangan. Xususan, Islom dini tarqalishidan  asrlar va Somoniylar, Temuriylar davlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, an’anaviy hunarmandchilik va to‘qimachilik san’ati namunalari shular jumlasidan.

​”Bu – Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, O‘zbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur ko‘rgazma to‘g‘risida.

​Bildirilishicha, shu kuni qatarlik 7 nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshlagan.

Unda O‘zbekistonning boy madaniyati, an’analaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik san’ati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing