Qatarda Xoniyaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)
Olam
−
02 avgust
8748Eron poytaxti Tehronda halok bo‘lgan HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning janozasi bugun, 2 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Aljazeera” xabar berdi.
Qatar poytaxti Doha shahridagi Imom Muhammad bin Abdulvahhob masjidida o‘tkazilgan dafn marosimida ko‘plab rasmiylar, Xoniyaning oila a’zolari hamda bir qancha jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Xoniya Doha shimolidagi Lusail shahrida janoza namozidan keyin dafn etilgan.
HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Izzat ar-Rishq odamlarni dunyoning barcha masjidlarida uning ruhiga duo qilishga chaqirdi.
“Bugun, juma – suiqasd jinoyatini qoralovchi va G‘azo sektoridagi genotsidni rad etuvchi g‘azabli kun bo‘lsin”, dedi u o‘z bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xoniyaning o‘ldirilishiga aslida nima sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi