Qatar telekanali jurnalistining o‘limi uchun Isroilni sudga berdi
Olam
−
06 dekabr 2022
8615Qatarning “Al Jazeera” telekanali jurnalist Shirin Abu Aklening o‘limi bo‘yicha Isroilga qarshi Gaaga xalqaro sudiga da’vo arizasi berdi. Bu haqda bugun, 6 dekabr kuni “Al Jazeera Media Network” e’lon qilgan bayonotda aytilgan.
“Bugun “Al Jazeera Media Network” xodimlari hamkasbi Shirin Abu Aklening isroillik bosqinchi kuchlari tomonidan o‘ldirilishi bo‘yicha ishni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga yubormoqda”, deyiladi hujjatda.
Bayonotga ko‘ra, “Al Jazeera”ning yuridik guruhi batafsil tergov o‘tkazgan va ko‘plab guvohlarning so‘zlari, keng ko‘lamli video tasvirlar va sud-tibbiy hujjatlarga asoslangan yangi dalillarni topgan.
Qatar xoldingining Xalqaro sud prokuroriga yo‘llagan murojaatiga ko‘ra, guvohlarning yangi ma’lumotlari va videotasvirlar Shirin va uning hamkasblari bevosita Isroil bosqinchi kuchlari tomonidan o‘qqa tutilganini aniq ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shirin Abu Akle 25 yil davomida “Al Jazeera” telekanalining muxbiri sifatida ishlagan. U 2022 yilning 11 may kuni Isroil Mudofaa kuchlari tomonidan G‘arbiy Sohildagi Jenin qochqinlar lageri uyishtirilgan hujumni yoritish chog‘ida otib o‘ldirilgan.
LiveBarchasi