Qatar Tashqi ishlar vaziri ilk bor O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9 iyun kuni O‘zbekistonga Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

Alohida ta’kidlanishicha, bu — Qatar Davlati tashqi siyosat idorasi rahbarining O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi.
 
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, transport-kommunikatsiya, xususan, davlatlararo havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing