Qatar Isroilning maktabga bergan zarbasini tergov qilishga chaqirmoqda

Olam

image

Qatar rasmiylari Isroil harbiy-havo kuchlarining G‘azo shahridagi at-Tabiyin maktabiga bergan zarbasini qoraladi va Isroil harbiylarining G‘azo sektoridagi maktablar va ko‘chirilgan odamlar uchun boshpanalarga uyushtirgan hujumlari borasida xalqaro tergov o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda amirlik Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Qatar isroillik harbiylarning G‘azoning sharqida ko‘chirilganlar boshpana topgan maktabga uyushtirgan hujumini keskin qoraladi. Doha isroilliklarning ko‘chirilganlar joylashgan maktablar va boshpanalarga hujumlari bilan bog‘liq faktlarni aniqlash uchun BMT ekspertlari ishtirokida shoshilinch xalqaro tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.

Isroil havo kuchlarining at-Tabiyin maktabiga bergan zarbasi Saudiya Arabistoni tomonidan ham qoralangan. Qirollik Tashqi ishlar vazirligi aholisi gumanitar inqirozda yashayotgan G‘azo sektorida “jamoaviy repressiyalar”ni to‘xtatishga chaqirdi.

10 avgust kuni ertalab Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azodagi at-Tabiyin maktabida joylashgan HAMAS shtab-kvartirasiga hujum qilgani haqida xabar berdi. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shtab isroillik harbiylarga qarshi hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan.

HAMAS Isroil tinch aholi manzillariga hujum qilish uchun “bahona o‘ylab topayotganini” aytdi va SAXALning da’volarini yolg‘on deb atadi.

G‘azo sektori fuqarolik mudofaasi xizmatining “Al Jazeera” telekanaliga bergan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, otishmada kamida 93 kishi, jumladan, 11 bola va 6 ayol halok bo‘lgan.

O‘z navbatida, G‘azo sektori hukumati matbuot xizmati maktabning o‘qqa tutilishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made