Qatar Amiri O‘zbekistonga keladi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etadi. Qatar amirining tashabbusi orqali ta’sis etilgan ushbu mukofot bilan 2016 yildan buyon har yili global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashga qo‘shgan hissasining e’tirofi sifatida taniqli jamoat arboblari, ekspertlar va jurnalistlar taqdirlanyapti. 

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Qatar shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing