Qashqadaryoning yagona ayol hokimi lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
06 fevral 2022
14607Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva lavozimidan ozod etildi. U viloyatdagi yagona ayol hokim edi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi Matbuot kotibi Ahror Sodiqovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, Maqsuda Mustafoyeva o‘z arizga ko‘ra, viloyat hokimining tegishli qarori bilan ishdan ketgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda Qashqadaryo viloyati hokimining qarori bilan Maqsuda Mustafoyeva hayfsan intizomiy jazosini olgan edi.
Uning jazolanishiga uchta xatosi sabab bo‘lgan:
● Prezident qabulxonasi va Virtual qabulxonalarga Qarshi tumani aholisidan kelib tushgan murojaatlar 2020 yilning mos davriga nisbatan 67 foizga ko‘paygani;
● 18 ta saylov uchastkasi mutlaqo talabga javob bermayotgani;
● hokim va sektor rahbarlari joyiga chiqib, og‘ir hududdagi uchastkalar bilan qiziqmagani, u yerga umuman bormagani, ishlarni tashkil etishda befarq bo‘lgani.
LiveBarchasi