Qashqadaryolik 72 yoshli otaxonning uyidan 2 kg giyohvand moddalari topildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 72 yoshli otaxonning uyidan qariyb 2 kg giyohvand vosita aniqlandi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar qiladi. 

Joriy yilning 31 oktyabr kuni DXX Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari hamda Yakkabog‘ tumani IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yakkabog‘ tumanida yashovchi 72 yoshli fuqaro U.M.ning yashash uyi yerto‘lasida ikki dona 3 litr hajmli shisha idishlarda va to‘rt dona qora rangli polietilen paketlarda alohida qilib joylangan jami 1832,3 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari topilgan. Shuningdek, ikki dona qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan 26,6 gramm “kannabis” o‘simligining urug‘lari qonunga xilof ravishda saqlab kelingan. 

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida U.M. jinoyat ishida JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatana “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

narkotik giyohvand

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing