Qashqadaryodan yo‘lga tushgan karvon 6 kun deganda poytaxtga yetib keldi
Jamiyat
−
06 dekabr 2020
9962Avvalroq, 1 dekabr kuni Qashqadaryodan otlar karvoni Toshkentga qarab yo‘lga chiqqani haqida xabar bergan edik. Shahrisabz markazidan 12 ta qorabayir zotdor otlari poytaxtga tomon harakatlanishni boshlagandi.
Bugun, 6 dekabr kuni Shahrisabzdan yo‘lga tushgan otlar karvoni 400 kmga yaqin masofani 6 kun deganda bosib o‘tib, Toshkenti azimga yetib keldi.
Karvonning so‘nggi manzili poytaxtdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ldi. So‘nggi manzilda karvonni jamoatchilik vakillari kutib oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda xiyobonga yig‘ilgan ko‘pchilik tibbiy niqob taqmaganini ko‘rish mumkin.
Qayd etish kerakki, Samarqandgacha karvonga Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham hamrohlik qilgandi.
LiveBarchasi