Qashqadaryodagi YTHda 3 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Damas va Nexia avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 3 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:40 larda Qamashi tumanining Yortepa qishlog‘i xududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1223-kilometrida 44 yoshli haydovchi O.E. Nexia avtomobilini boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada 41 yoshli haydovchi Sh.T. boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomobili bilan to‘qnashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ikkala haydovchi va Damas avtomobili yo‘lovchisi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan hamda ushbu avtomobilda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Qamashi tuman IIO FMB xuzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing