Qashqadaryodagi tug‘uruqxonada “svet” o‘chgani sababli chaqaloqlar sovuqda qoldi (video)
Jamiyat
−
11 dekabr 2022
9808Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi tug‘uruqxonalardan biri "svet" o‘chgani sababli chaqaloqlar sovuqda qolgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumot berdi.
Bugun, 11 dekabr kuni soat 03:30 da Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Chiyali qishloq shifoxonasida elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Ammo issiqlik ta’minotida uzilish bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, shifoxonada 4 kun avval jami 7 nafar ayol farzandli bo‘lgan, 11 dekabr soat 12:00 da ularning 6 nafariga uyga javob berilgan. 1 nafar ayol chaqalog‘i bilan Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga ko‘chirilgan. Hozirda ona va bolalarning salomatligi yaxshi, shifokorlar nazoratiga olingan.
Ayni paytda shifoxonada elektr ta’minoti tiklangan. Muassasa qo‘shimcha elektr generatori bilan ta’minlangan.
LiveBarchasi