Qashqadaryodagi to‘g‘uruqxonada bemorlar yerda yotgani aytilmoqda
Jamiyat
−
14 avgust 2022
11225Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasi tug‘uruqqa tayyorlash bo‘limidagi sharoitlar talabga javob bermasligi, joy yetishmasligi sababli bemorlar yerga yotqizilgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, tug‘uruqqa tayyorlash bo‘limi 20 o‘rinli bo‘lib, hozirgi vaqtda Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlari aholisiga xizmat qiladi. Shifoxona binosi 2014 yilda kapital rekonstruksiya qilingan. Oxirgi marotaba 2019 yilda homiylar mablag‘i yordamida ta’mirlangan.
Videoda aks etgan yerda yotgan odamlar bemorlardan xabar olishga kelgan yaqinlari ekani, ular tibbiyot xodimlari ruxsatisiz xonada yotib qolganligi aniqlangan. Ayni paytda mazkur bo‘limda 16 nafar bemor bor, 4 ta bo‘sh o‘rin mavjud.
“Murojaatda keltirilgan ovqatlanish, kiyinish, muolaja va boshqa xonalardagi jihozlar, eshik va romlar bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi.
Bo‘limda mavjud 20 o‘rin uchun yetarli miqdorda yangi to‘shak, yostiq, ko‘rpa va choyshablar mavjud. Belgilangan sanitariya me’yorlariga ko‘ra muolaja xonasida bemor yotqizilmaydi hamda to‘shak to‘shalmaydi.
Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tug‘uruqxona bo‘limida oxirgi 10 kun ichida qo‘shni Ko‘kdala tumanidan kelgan 137 nafar bemor yotib, davolangan. Shu sababli tug‘uruqxonaga qo‘shimcha 20 o‘ringa mo‘ljallangan krovatlar va yumshoq jihozlar berildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi