Qashqadaryoda “zamdirektor” va o‘quvchi bir-birini kaltakladi
3-sahifa
−
26 fevral
10664Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi maktablarning birida direktor o‘rinbosarining ko‘ziga yuqori sinf o‘quvchisi musht tushirgani, biroq chora ko‘rilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shahrisabz shahar hokimligi matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 19 fevral kuni shahardagi 1-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.
Soat 10:45 lar atrofida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari dars vaqtida o‘quvchilar darsga kirmasdan qor o‘ynaganlari uchun ularni sinfxonaga kirgizmoqchi bo‘lgan.
Shu paytda 10-sinf o‘quvchisi direktor o‘rinbosariga qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, direktor o‘rinbosari o‘quvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va uni urgan. Shunda o‘quvchi ham “zamdirektor”ning yuz qismiga musht tushirgan.
Hozirgi kunda o‘quvchi va o‘qituvchi ham shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi