Qashqadaryoda yo‘lda harakatlanayotgan Damas yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Damas avtomashinasi yo‘lda harakatlanayotgan vaqtda yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 14 dekabr kuni tuman FVBga soat 17:14 da yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Ushbu yong‘in Yakkabog‘ tumani “G‘ozliq” mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanib kelayotgan Damas mashinasining salon qismida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga 1 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmasi jalb qilingan hamda yong‘in soat taxminan 17:28 da bartaraf etilgan. Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Ushbu Damas avtomobili 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro S.B. boshqaruvida bo‘lgan. Mashina 2009 yil ishlab chiqarilgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing