Qashqadaryoda YTH oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
05 iyul
8130Kecha, 4 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida Spark, BYD va Nexia rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi va buning oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 07:53 larda Qarshi shahar “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-92 “Qarshi-Tallikuron-Kasbi-Jeynov-Pomuq” avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi R.A. boshqaruvidagi Spark orqaga burilayotganida haydovchi X.L. boshqaruvida bo‘lgan BYD SONG PLUS rusumli avtomobilning harakat yo‘liga chiqib ketib, YTH sodir etgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi R.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia ham to‘qnashgan.
Oqibatda Spark rusumli avtomashina haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan va shu yerda vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Spark ikki piyodani urib yuborgandi.
LiveBarchasi