Qashqadaryoda YPX xodimlariga kunlik “plan” qo‘yilgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorlariga kuniga 20 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish buyurilgan audio tarqaldi. Ayni damda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bu haqda boshqarma Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur topshiriq Qashqadaryo IIB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Qo‘shaqov va navbatchi E.Alimovlar tomonidan berilgan. Audioda YPX xodimlari kun davomida 20 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishi zarurligi aytilgan.

"Barcha shahar va tuman "GAI"lari, maxsus otryad komandirlari, komandir o‘rinbosarlari, 202-220 guruh rahbarlari diqqatiga  qo‘polmi boshqami, hamma holat bo‘yicha 20 tadan "protokol" tuzish shart", degan Qo‘shaqov.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

“Ushbu xabar yuzasidan IIV JXD YHXX tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilandi”, deyiladi IIB YHXB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing