Qashqadaryoda YPX xodimlari fuqarolarni kaltaklagani aytildi. IIV holatga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Mirishkor tumanlarida fuqarolar YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, tomonlar xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, tegishli chora ko‘riladi va qo‘shimcha axborot e’lon qilinadi.

“Ijtimoiy tarmoqlarning faollaridan tekshiruv yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgunga qadar noo‘rin mish-mishlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deya murojaat qilgan vazirlik.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing