Qashqadaryoda “Vaz-2101” haydovchisi 15 yoshli qizni urib yubordi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Vaz-2101” haydovchisi 15 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 09:00 larda, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar M.Jo‘raboyev ko‘chasida 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi L.T. “Vaz-2101” rusumli avtomobilni boshqarayotib, ushbu ko‘chada joylashgan do‘kon ro‘parasiga yetgan vaqtida yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotan piyoda, 2005 yilda tug‘ilgan B.Z. ni urib yuborgan.

Oqibatda, 15 yoshli B.Z. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

490

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing