Qashqadaryoda o‘yinchoq qurol bilan tomosha qo‘ygan fuqaro qamaldi
3-sahifa
−
27 may 2023
8385Joriy yilning 24 may kuni Qashqadaryoda mashinada ketayotgan shaxs soxta qurol bilan tomosha qo‘ygani uchun unga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Shahrisabz tumani “Keldi” MFYda yashovchi fuqaro kunduz kuni avtomashinasida ilon izi tarzida harakatlanib, boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan. Shuningdek, u yonidagi o‘yinchoq to‘pponchasini mashina oynasidan chiqarib namoyishkorona harakat qilgan.
Holat yuzasidan surishtiruvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 3-qismi, 128-moddasi 3-qismi hamda 183-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani aniqlangan.
“Mashinalar menga yo‘l bermagani uchun, ularni quvib o‘tdim. Yana yo‘l bermagani uchun o‘yinchoq qurolimni chiqardim. Bu to‘pponchani olishimdan asosiy sabab “prosto vid” uchun bo‘lgan. Adashib ahmoqlik qilib qo‘yganim uchun kechirim so‘rayman”, deydi ayblanuvchi.
Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudida ko‘rib chiqilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda soxta qurol yasab, uni sotayotgan shaxs qo‘lga olingandi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi