Qashqadaryoda uyda turgan Cobalt'ning gaz balloni portladi 

3-sahifa 21119
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Cobalt avtomobilining gaz balloni portlab ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 2021 yilning 4 dekabr kuni soat 14:10 larda Muborak tumani Qorabog‘ qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Shu qishloqda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.L.ning yashash uyi hovlisida turgan, o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli  avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni to‘satdan portlab ketgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur hodisa yuzasidan Muborak tuman FVB hamda IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi va unga o‘rnatilgan gaz ballonlarning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1241
Reyting: 3
t
×