Qashqadaryoda transformator yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida katta yong‘in yuz bergani haqida xabar tarqaldi. Unda video ham ilova qilingandi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 9 noyabr kuni soat 18:34 da Qashqadaryo viloyati Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Pudina” MFY Ziyoratgoh ko‘chasida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:49 da voqea joyiga yetib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 19:22 da to‘liq bartaraf etilgan.

FVV hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligi hamda hozirda yong‘in sababi, keltirilgan zarar miqdori aniqlanayotganini ma’lum qildi.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing