Qashqadaryoda transformator yonib ketdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida transformator yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 18 yanvar kuni soat  20:58 da Qarshi shahar FV bo‘limiga "Kamandi" mahallasi "Ma’rifat" ko‘chasida joylashgan  transformator yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga soat 21:07 da yetib borgan va yong‘in soat 21:19 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning ikki tumani— Sergeli va Shayxontohur tumanlarida transformator yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing