Qashqadaryoda soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida soliq xodimi va MCHJ rahbarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahar Soliq inspeksiyasining soliq ma’murchiligi sho‘’basi bosh inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, 2 ta dorixona rahbarining ishonchiga kirgan va unga nisbatan qo‘llanilgan 150 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini sud organlaridagi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 50 mln so‘m talab qilgan.

“DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 mln 400 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Qarshi shahridagi mahalliy MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga bankdan 1 mlrd 500 mln so‘m kredit olib berish evaziga uning rahbaridan 84 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Xabarga ko‘ra, hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 28- (jinoyat ishtirokchilarining turlari) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq pora Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing