Qashqadaryoda prokuror qabuliga borganlar g‘alayon ko‘targani aytilmoqda. IIB holatga munosabat bildirdi
3-sahifa
−
29 avgust 2021
12229Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida prokuror qabuliga borganlar g‘alayon ko‘targani haqida xabar va video tarqaldi. Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tumanida 24 avgustidan 25 avgust kuniga o‘tar kechasi fuqaro A.J.ni urib o‘ldirib, Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan.
Mazkur jinoyatni kelib chiqish sabablarini keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilib, bunday og‘ir jinoyatlarning vujudga kelishini oldini olish maqsadida joriy yilning 27 avgust kuni soat 18:00da to‘rtinchi sektor hududida joylashgan “Tarag‘ay” MFY hududidagi maktabda tuman to‘rtinchi sektor rahbari tomonidan muhokama yig‘ilishi tashkil etilgan va tuman IIB boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan.Uchrashuvda prokuratura organlari taklif etilmagan.
Uchrashuvda joriy yil 21 iyun kuni J.N. tomonidan o‘ldirilgan fuqaro A.J.ning “Langar” MFYda qarindoshlari jinoyat yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi bo‘lib muhokama yig‘ilishiga murojaat qilishga kelishgan.
Mazkur holat yuzasidan marhum A.J. qarindoshlarining vajlari viloyat prokuraturasi tomonidan 6 marotaba qabul qilinib, tergov tekshirishlari davomida ularning vajlari tekshirilib, tasdig‘ini topmagan.
Xabarga ko‘ra, hozirda marhum A.J.ning o‘limi yuzasidan J.N.ga nisbatan JKning 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishining tergovi viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.
Bosh prokuratura ham videoga munosabat bildirdi. Idora videoyozuvdagi holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borilayotganini va natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi