Qashqadaryoda prokuratura tijorat banklarini nazoratga oladi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda prokuratura tijorat banklari faoliyatini o‘rganib boradigan bo‘ldi. Aniqlangan kamchiliklar esa viloyat xalq deputatlari sessiyasida muhokama etiladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev faoliyati davomida muammolarga duch kelayotgan tadbirkorlar bilan ZOOM dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot vaqtida aytib o‘tdi.

Suhbat davomida, Qarshi tumani Xonobod hududidan 27 nafar tadbirkorlarga issiqxona qurish uchun tuman hokimining qarori bilan 124 gektar yer maydoni ajratilganligi, biroq ular kredit olish uchun tijorat banklariga zarur hujjatlarni topshirganiga qaramasdan, bank xodimlari moliyaviy resurs yo‘qligini ro‘kach qilib, tadbirkorlarga hamon kredit ajratishni ortga surib kelayotganligi aytilgan.

Bu holatning oldini olish maqsadida Zoyir Mirzayevning topshirig‘i bilan viloyat prokuraturasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, hududdagi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni o‘rganish vazifasi yuklatilgan.

Ma’lumot uchun, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunning banklar mustaqilligi to‘g‘risidagi 8-moddasida shunday deyiladi:

Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablag‘lari hisobidan turli xil to‘lovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura bank

Baholaganlar

112

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing