Qashqadaryoda ota 14 yashar qizini ayovsiz kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ota-ona o‘z qizini ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 11:30 larda Koson tumani Qorabayir maxallasi G‘ishmon qishlog‘ida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan G.X. uyi oldida qarindoshlari bilan gaplashib turganida onasi M.M. qizini uyga chaqirgan. Qizi uyga kirmagani uchun otasi T.R. qizini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur xolatni qizning amakisi videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Shu kunning o‘zida qiz va uning ota-onasi tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib kelinib, ular bilan suhbat o‘tkazilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro T.R. viloyat asab ruxiy kasalliklar dispanseriga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchi qizga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Dastlab olingan ma’lumotga ko‘ra, qizning qo‘lida ko‘karish jarohati aniqlangan.

19 aprel kuni esa qiz va uning ota-onasi tuman hokimiyatiga profilaktik suhbatga chaqirilgan. Hozirgi vaqtda Koson tumani IIB xodimlari tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing