Teplovoz bilan to‘qnashgan Nexia majaqlanib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 8 noyabr kuni Qashqadaryoda Nexia va teplovoz ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizlik Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea soat 07:00 atrofida viloyatning Muborak tumani hududidan o‘tuvchi 4R-96 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 307-sonli temir yo‘lida sodir bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi S.R. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil hamda TEM2-784 raqamli teplovoz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Qarshi gornizoni xarbiy avtonazorat inspeksiyasi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni Xorazmda ham Lacetti rusumli avtomobil bee’tiborlik bilan temir yo‘l kesishmasiga chiqib ketishi oqibatida poyezd bilan to‘qnashgandi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing