Qashqadaryoda nabirasiga tanbeh bergani uchun o‘qituvchiga tarsaki tushirgan ayolga chora ko‘riladi
Jamiyat
−
19 fevral 2021
20066Ijtimoiy tarmoqlarda maktablardan birida o‘qituvchi o‘quvchining buvisi tomonidan kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilinib, yuziga tarsaki tushurganlik holati aks etgan video tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi ushbu holat bo‘yicha ayolga ma’muriy ish qo‘zg‘atilishini ma’lum qildi.
Xalq ta’limi Vazirining Nazorat–huquqiy xizmati tomonidan hodisa 2021 yilning 15 fevral kuni Kitob tumani Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 85–umumta’lim maktabida yuz berganligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, maktabda fan amaliyoti o‘tab, 5-sinfda dars mashg‘ulotlari olib borayotgan Qarshi davlat universitetining tarix fakulteti 4–kurs talabasi Bobonazar Xurramov o‘quvchining tartibsizlikka yo‘l qo‘ygani, uy vazifasini bajarmagani bois tanbeh bergan.
“Bolamning ota-onasi ajrashib ketgan. Bir yoshidan beri mening qo‘limda qolgan. Uni urishsa, men chidolmayman”, deydi o‘quvchining buvisi.
O‘qituvchining sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgani uchun o‘quvchining buvisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1975-moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ariza kiritilmoqda.
LiveBarchasi