Qashqadaryoda moliyaviy piramida orqali 231 kishini “uxlatgan” shaxslarga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida moliyaviy piramida tashkil qilib, 231 nafar fuqaroning 13 milliard 700 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.A. va uning jinoiy sheriklari o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, muayyan pul mablag‘iga ega bo‘lgan “sodda mijoz”larni topib, yuridik manzilga ega bo‘lmagan “Nasdaq Unique Finance” nomli xorijiy kompaniyaga 1000 AQSH dollari sarmoya kiritib, mashhur kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish orqali oyiga 6 foizdan daromad olishiga ishontirgan.

Natijada 231 nafar fuqaroning 13,7 mlrd so‘m mablag‘ini o‘zlashtirgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, moliyaviy piramida tashkil etib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirgan Sh.A. 10 yil, uning sheriklari T.R. 10 yil, M.R. va U.H. esa 8 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing