Qashqadaryoda MCHJ rahbari 16 nafar shaxsning kreditini “uxlatdi”

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida fuqaro 307 million so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

“Sh.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari N.I. hududiy tijorat banki filiali mas’ullari bilan o‘zaro til biriktirib, 16 nafar fuqaroning nomiga tomorqachilikni rivojlantirish uchun 307 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. 

U ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing