Qashqadaryoda mansabdor shifokor ta’magirlik qilayotganda qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati perinatal markazi bo‘lim boshlig‘i J.E. ta’magirlikka qo‘l urdi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, J.E. viloyat perinatal markazida ginekologiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U Qarshi shahridagi “Qarliqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro, uy bekasi R.D.da ginekologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Qilgan “operatsiya”si uchun ayoldan 2 000 000 so‘m pul talab qiladi.

Qarshi shahar IIOFMB tezkor xodimlari va boshqa huquq-tartibot organlari vakilari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Shifokor fuqarodan 1 500 000 so‘m miqdoridagi pulni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

shifokor ta'magirlik

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing