Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosari pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktab direktori o‘rinbosari pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Koson tumanidagi 100-sonli maktab direktori o‘rinbosari N.O. fuqaro X.ni o‘zi faoliyat yuritayotgan maktabga psixolog vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1 200 AQSH dollari so‘ragan. Gumonlanuvchi N.O. fuqarodan 800 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing