Qashqadaryoda ko‘p miqdorda sifatsiz go‘sht yo‘q qilindi

3-sahifa

−

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Nexia yukxonasida 250 kilogrammga yaqin iste’molga yaroqsiz, noma’lum hayvonning go‘shti borligi aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 8 noyabr kuni, tahminan, soat 22:00 larda Qarshi shahar hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia avtomobili hududda xizmat olib borayotgan Patrul-post xodimlari e’tiborini tortgan.

Mazkur avtomobil tekshiruvdan o‘tkazilganda yukxonasida hujjatsiz qariyb 250 kilogramm iste’molga yaraqsiz go‘sht borligi aniqlangan.
Mazkur go‘shtni olib ketayotgan ayolning so‘zlariga ko‘ra, u damlab qolgan molning go‘shtini 100-200 ming so‘mga sotib olib, it urishtiruvchilarga pullamoqchi bo‘lgan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlar xavfsizligi davlat markazi tomonidan iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing