Qashqadaryoda kovidga qarshi vaksinalarni pullayotganda ushlangan “medik”larga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda kovidga qarshi vaksinalarni 4 600 AQSH dollariga sotayotgan hamshira hamda feldsher jazolandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chiroqchi tumanidagi Ko‘kdala 2-hududiy shifoxonasi “Ko‘kdala” oilaviy poliklinikasi hamshirasi U.M.R. hamda “Annaro‘z” shifoxonasi feldsheri o‘zaro til biriktirgan. 

Ular o‘tgan yilning 11 noyabr kuni o‘zlariga ishonib topshirilgan COVID-19 virusiga qarshi vaksinlarni o‘zlashtirib, fuqaro M.Q.ga 4 600 dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan U.M.R va M.S.X. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

U.M.R.ga 1 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda BHMning 30 baravari miqdorida jarima, M.S.X.ga esa 2 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilish va 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing